Rossiya va Belarus qo‘shinlarining Belarus bo‘ylab harakatlanishini kuzatgan urushga qarshi «Belaruskі Gayun» loyihasi 7 fevral, juma kuni o‘zining Telegram-kanalida o‘z faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi. Bunday qaror sabablari keltirilmagan, biroq avvalroq kanalning Telegramʼdagi chat-botiga hakerlik hujumi uyushtirilgani xabar qilingandi. 5 fevral kuni loyiha asoschisi, belaruslik fotosuratchi Anton Motolko internet akkauntlaridan ma’lumot yuborgan yoki yozgan fuqarolarni xavfsizlikka tahdid haqida ogohlantirgan. 7 fevral kuni «Belaruskі Gayun» loyihasi bo‘yicha dastlabki shaxslar qo‘lga olinganlar ma’lum bo‘ldi. Digital Intelligence Team loyihasi o‘zining Telegram-kanalida ushlanganlardan birinchisi – Mozir neftni qayta ishlash zavodi xodimi Maksim Nikitenko ekanini bildiri.
Sana: Fevral 08, 2025
H
Nematov | 09.02.2025, 22:46