O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi mexanizmni joriy etadi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus tayyorgarlik markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi belgilandi. O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmini yaratadi. Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, agentlik direktori Behzod Musayev va Rossiya Mehnat va bandlik federal agentligi (Rostrud) rahbari Mixail Ivankov Moskvada ikki tomonlama hamkorlikning shu va boshqa masalalarini muhokama qildi. Rossiyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaror qilindi. Mehnat va bandlik federal agentligi ish beruvchilar faoliyatini o‘rganish va ularning ishonchliligini aniqlash bo‘yicha Migratsiya agentligi bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.


Odil Rashidov

Sana: Fevral 08, 2025

Sharhlar (1)

Yaxshi

Nematov | 13.03.2025, 15:52

Sharh yozish

+