2025 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 3 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga ko‘p. Xususan, qiymati 23 mlrd dollarlik 513 ta yangidan boshlangan loyihada moliyalashtirish ochilgan va ular doirasida 1,1 mlrd dollar o‘zlashtirilgan. Joriy yilning yanvarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobar ko‘p. Shundan, tarmoq loyihalari hisobidan o‘zlashtirish 1,2 mlrd dollar (o‘sish 7 foiz) va hududiy loyihalarda 1,8 mlrd dollar bo‘lgan (o‘sish 87 foiz). Shundan, qiymati 23 mlrd dollarlik 513 ta yangidan boshlangan loyihada moliyalashtirish ochilgan va ular doirasida 1,1 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Shu bilan birga, 26 ta tuman va shaharlarda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 20 mln dollardan yuqori bo‘ldi. Xususan, Karmana tumanidagi kimyo klasterida qiymati 334 mln dollarlik 3 ta loyihada amaliy ishlar boshlangan. Jumladan “Zarafshon industrial technology” MChJ XK tomonidan xitoylik investorlar bilan kaustik soda va xlor mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarida hisobot davrida 50 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Ohangaron tumanida “Metal processing technology” (ICG) MChJ tomonidan qiymati 20 mln dollarlik ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi doirasida 5 ming tonna mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish belgilangan. “Navoiyazot” AJ negizida qiymati 2 mlrd dollarlik kimyo texnologik klasterlar uchun energoblok va 300 MVt foto elektr stansiyasini tashkil etish loyihalarida 22 mln dollar o‘zlashtirilgan. Andijon tumanida “Ipak yo‘li” sanoat zonasida umumiy qiymati 300 mln dollardan ortiq 9 ta loyihalar joylashtirilib, xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish boshlangan.
Sana: Fevral 08, 2025
Sharhlar (0)