«Manchester Yunayted» — «Kristal Pelas» 0:2 Gollar: Mateta (64, 89). «Manchester Yunayted» – Onana, Martines (de Ligt, 82), Maguayr, Yoro, Dalot, Fernandesh, Ugarte (Eriksen, 87), Mazraviy (Zirkze, 70), Garnacho, Maynu (Hoylund, 70), Diallo. «Kristal Pelas» – Henderson, Gehi, Lakrua, Richards, Kamada (Eze, 61), Sarr (Devenni, 90+7), Mitchell (Klayn, 88), Lerma, Hyuz (Uorton, 88), Munyos, Mateta. Ogohlantirishlar: Maguayr (49), Fernandesh (64), Hyuz (72), Ugarte (74). Ruben Amorim bir necha marta «MYu» «Old Trafford»dagi o‘yin kunlari ruhiy muammolarga duch kelayotgani haqida gapirgandi. APL doirasida «Brayton»ga qarshi kechgan oldingi uy uchrashuvidan keyin portugaliyalik mutaxassis hissiyotga berilib, «qizil iblislar»ning hozirgi versiyasi — tarixdagi eng yomoni ekanini aytdi. Shundan keyin mankunianliklar Yevropa Ligasida «Reyndjers» (2:1) va FKSB klublarini (2:0) mag‘lub etdi, APLda esa «Fulhem»ga qarshi safar o‘yinida ustun keldi (1:0). Jamoada bu mavsumda qatorasiga uch o‘yinda g‘alaba hali kuzatilmagandi. Va yakshanba kungi o‘yinda bu seriya ham to‘xtadi. «Kristal Pelas» bilan qarama-qarshilikda birinchi bo‘limdayoq muammolar yuzaga keldi, faqat Onana mezbonlarni qutqarib qoldi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida esa «Yunayted» sobiq darvozaboni Henderson devoridan o‘ta olmadi. U bir necha daqiqa ichida Brunu Fernandesh va Ugartening xavfli zarbalarini qaytardi. Mateta esa standart vaziyatda o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi va to‘sindan qaytgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Ushbu forvard o‘yin oxiridagi qarshi hujumda Munyosning pasidan keyin ikkinchi golni ham urdi. Mezbonlar uchun o‘yinda yana bir yoqimsizlik ro‘y berdi — 76-daqiqada Lisandro Martines navbatdagi marta jarohat oldi. Argentinalik himoyachi bu mavsumda salomatligidagi muammolarni hal qilib, yaxshi formaga kirgan va jamoa yetakchilaridan biriga aylangandek ko‘ringandi. Ammo katta ehtimol bilan uning uchun mavsum yakunlandi. Shifokorlar maydonda olti daqiqa davomida yordam ko‘rsatishdi, keyin esa u maydonni ko‘z yosh to‘kkancha zambilda tark etdi. Mavsumdagi dastlabki 13 uy uchrashuvida yetti mag‘lubiyat — «MYu»ning 1893/94 yillar mavsumidan buyon eng yomon natijasi. Ya’ni bunaqasi 131 yildan buyon bo‘lmagandi.
Sana: Fevral 08, 2025
Nematov | 09.02.2025, 00:43
🙂↔️
toshkanov7 | 09.02.2025, 02:03