Yoshlar parlamentiga rais va unga ikki o‘rinbosar saylandi

Senatda parlament yuqori palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Laylo Aslonova Yoshlar parlamenti raisi etib bir ovozdan saylandi. Oliy Majlis Senatida parlament yuqori palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi, deb xabar beradi Senat matbuot xizmati. Qayd etilishicha, majlisda Laylo Aslonova Yoshlar parlamenti raisi etib bir ovozdan saylangan. Shuningdek, Ibrohimjon Jo‘raboyev hamda Azizbek Ochilboyev Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosarlari etib tasdiqlangan. Bundan tashqari, Yoshlar parlamentining komissiyalari raislari va ularning a’zolari ham saylangan. Tashkiliy masaladan so‘ng Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘z nutqida Yoshlar parlamenti o‘z faoliyatida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tgan.


Saidakbar Nematov

Sana: Fevral 08, 2025

Sharhlar (0)

Sharh yozish

+