Kursk oblastiga bosqinning yarim yilligida Ukraina qo‘shini yangi yurish boshladi

Payshanba kuni Rossiyadagi telegram-kanallar ukrain armiyasi Kursk oblastining Ulanok va Cherkasskaya Konopelka yo‘nalishlarida qarshi hujumga o‘tgani haqida xabar berdi. Keyinroq bu ma’lumotni Rossiya mudofaa vazirligi ham tasdiqladi - idora ayni vaqtga kelib barcha hujumlar qaytarilganini bildirgan. Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi bu xabarlar yuzasidan munosabat bildirmagan. «Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastida yana „go‘sht shturm“ boshladi. Ayni vaqtda Maxnovka, Cherkasskaya Konopelka, Ulanok va Sudjaga 7 kilometr masofadagi Fanaseyevka qishlog‘ida janglar ketmoqda. Dushmanning qarshi hujumida ko‘p sonli texnikalar: jangovar zirhlangan mashinalar, tanklar, trallar va shaxsiy tarkibning yuzdan ortiq jangchisi qatnashmoqda», — deb xabar bergan «Severniy veter» z-kanali. «Raqib RF qurolli kuchlari bo‘linmalarini Maxnovka aholi yashash punktidan siqib chiqarishga urinmoqda, Ulanok aholi yashash punkti atrofida ham janglar to‘xtamayapti, — deb yozadi rossiyalik jurnalist Boris Rojin. — Raqib texnikada (tanklar, jangovar zirhlangan mashinalar) uchta batalyon kuchlari bilan hujum qilmoqda, ularga qarshi aviatsiya va artilleriyamiz ishlamoqda. Vaziyat og‘ir».


Odil Rashidov

Sana: Fevral 08, 2025

Sharhlar (0)

Sharh yozish

+