Kreml Bokudagi Rossiya uyi yopilishini tasdiqladi

Kreml Ozarboyjonning Bokudagi Rossiya uyini yopish qaroridan afsusda va bu vaziyatni davlat rahbarlari darajasida hal qilishni rejalashtirmoqda. «Biz buni ikki tomonlama aloqalar orqali hal qilish mumkin bo‘lgan tushunmovchilik, deb hisoblaymiz», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 7 fevral, juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda. «Biz bu masala ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqotda ko‘tarilishi mumkinligini istisno qilmaymiz», — dedi Peskov. Bir kun avval Ozarboyjonning Report.az nashri manbalariga tayanib, Rossiya madaniyatini xorijda targ‘ib qiluvchi va xususan Bokudagi Rossiya uyini boshqaradigan Rossotrudnichestvo federal agentligi o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqida Ozarboyjon hukumatidan rasmiy bildirishnoma olganini xabar qildi. Nashr suhbatdoshlari rasmiylarning qarorini Ozarboyjon tashqi yordamga muhtoj emasligi bilan izohladi, «ayniqsa, agar u noshaffof sxemalar asosida va tuzilishi aniq razvedka xarakteriga ega bo‘lgan tashkilotlar orqali taqdim etilsa».


Odil Rashidov

Sana: Fevral 08, 2025

Sharhlar (0)

Sharh yozish

+